Kampus hayoti

Bizning gullab-yashnagan turar-joy kampusimiz butun dunyodan kelgan ijodiy va qobiliyatli odamlar jamoasining uyidir.

129

Tashkil etilgan talabalar guruhlari

31

Bakalavr talabalar turar joylari

573

Kampusda yashovchi talabalar

TALABALAR HAYOTI

placeholder image

Toshkent arxitektura — qurilish universiteti 2-sonli talabalar turar joyida “Yoshlarning maʼnaviy –axloqiy holatiga salbiy taʼsir koʼrsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yoʼllari” mavzusida profilaktik suhbat oʼtkazildi.

Batafsil >

placeholder image

2023-yil 5-aprel kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 1-sonli talabalar turar joyida «Sumalak sayli» bolib otdi.

Batafsil >

placeholder image

Talabalar turar joyi

Talabalar kampusda yoki kampusdan tashqarida yashashlaridan qat’i nazar, bizning talabalarimiz TAQU ni o’z uylariga aylantiradilar. Kampus turar joylarida turar joy zallari, talabalar oshxonasi va online kutubxona, ma’naviyat xonasi va talabalar bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun mo’ljallangan xonalar kiradi.

Batafsil >

placeholder image

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning talaba-yoshlar bilan uchrashuvi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti yangi binosi ochilishi marosimida Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning talaba-yoshlar bilan uchrashuvi

placeholder image

Taʼlimning ishlab chiqarish bilan bogʻliqligi

Talabalarning “Xasti imom” majmuasi restavratsiyasi va rekonstruksiyasini oʻrganish jarayonidan lavhalar

placeholder image

“Yangi isteʼdodlar -2022” koʻrik tanlovi

Talaba-yoshlarning qurilish sohasiga oid bilim va iqtidorlarini, innovasion loyiha va ishlanmalarini qoʻllab-quvvatlash, malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, mustaqil fikrlaydigan, oʻzi tanlagan taʻlim yoʻnalishi boʻyicha mukammal bilimga va yuksak maʻnaviyatga ega boʻlgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash hamda iqtidorli yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga qiziqtirish, ijodiy bilimini kengaytirish maqsadida oʻtkazilgan koʻrik-tanlov

YOSHLARNING MUSIQA, RASSOMLIK, ADABIYOT, TEATR VA SANʻATNING BOSHQA TURLARIGA QIZIQISHLARINI OSHIRISHGA, ISTEʻDODINI YUZAGA CHIQARISH

placeholder image

“XON ATLAS - 2022” milliy festivali

“Xon atlas 2022” milliy festivalida institut ayol pofessor-oʻqituvchilari hamda talaba qizlar milliy matolarimiz atlas va adraslardan tikilgan kiyimlarda kuy-qoʻshiqlarga raqs tushildi, sheʼr va qoʻshiqlarni mutolaa qilishdi

placeholder image

NAVROʻZ BAYRAMI – 2022

Xalqimiz asrlar davomida oʻziga xos va xilma-xil urf-odatlar, marosimlar yaratilgan va ularni nishonlab kelgan. Barcha udumlar va marosimlar jamoa boʻlib oʻtkazilgan shunday jamoa marosimlaridan biri bu Navroʻz bayramidir. Navroʻzning oʻz tarixi bor. U xalqning turmush tarzi, ijodiy mehnati bilan chambarchas bogʻliq. Navroʻz Markaziy Osiyo va Sharq xalqlarining qadimiy bayrami boʻlib, yangi kun, yil boshi sifatida nishonlanib kelinadi

placeholder image

Talabalarning ijodiy ishlari koʻrgazmasi

“Yunusobod”, “Yangibogʻ”, “Ahilobod” mahallalari hamkorligida Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan “Talabalarning ijodiy ishlari” koʻrgazmasi

placeholder image

“Interer va landshaft obʻektlarini zamonaviy maketlash”
mavzusida koʻrik-tanlov 

Interer, Qush uyasi, Landshaft obʻektlari yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkazilgan “Interer va landshaft obʻektlarini zamonaviy maketlash” mavzusida tashkil etilgan koʻrik-tanlovdan lavhalar

placeholder image

Zahiriddin muhammad boburning tavallud kuniga bagʻishlangan tadbir 

Oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʻdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud topgan kuni munosabati bilan maʻnaviy-maʻrifiy kecha

YOSHLARNI JISMONIY CHINIQTIRISH, ULARNING SPORT SOHASIDA QOBILIYATINI NAMOYON QILISHLARI UCHUN ZARUR SHAROITLAR YARATISH

placeholder image

SPORT SOGʻLIQ GAROVI

“SPORT BILAN OGʻUSIZ HAYoT SARI” shiori ostida ayol professor-oʻqituvchilari oʻrtasida fakultetlararo sport musobaqalari tashkil etilib, musobaqada "Estofeta", "Stol tennis", “Arqon” tortish, "Baskitbol" hamda "Arqonda sakrash" “Shaxmat” “Armrestling” sport turlari boʻyicha kuch sinashdi

placeholder image

“SPORT BILAN OGʻUSIZ HAYOT SARI”

“SPORT BILAN OGʻUSIZ HAYOT SARI” shiori ostida talaba-qizlar oʻrtasida fakultetlararo sport musobaqasi

placeholder image

1-kurs talabalari oʻrtasida sportning shaxmat va shashka turlari boʻyicha oʻtkazilgan musobaqa

1-kurs talabalari oʻrtasida sportning ommaviyligini oshirish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish maqsadida 1-kurs talabalari oʻrtasida sportning shaxmat va shashka turlari boʻyicha oʻtkazilgan musobaqa

placeholder image

MILLIY SPORT OʻYINLARI

Institut talaba-yoshlari sportning arqon tortish, kurash, tosh koʻtarish turlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashdi

placeholder image

“KASABA KROSS – 2021”

Toshkent shahrining Botanika bogʻida Oʻzbekiston transport yoʻl va kapital qurilish industritsiyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining “11-noyabr Kasaba uyushmalari kuni”ga bagʻishlangan KASABA KROSS – 2021 marafoni

AHOLI VA YOSHLAR OʻRTASIDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI VA INTERNETDAN SAMARALI FOYDALANISHNI TASHKIL ETISH

placeholder image

“Botanika bogʻi”da yoshlar oʻrtasida tashkil etilgan mahorat darsi

“Yangi yoshlar harakati”ning logotopini yaratish jarayoni, Loydan koʻza va landshaft dizayni elementlarini yasash jarayoni, gobilen yaratish, qush uyasini yasash, shiorlarni yozdirish va turli hududlarga joylashtirib chiqish, mebel dizayni yaratish, landshaft loyihalari koʻrgazmasi, maketlar koʻrgazmasi, tabiatning rasmini chizish yoʻnalishlari boʻyicha mahorat darslari

placeholder image

Kompyuter savodxonligi bo'yicha tanlov.

Talabalar o'rtasida kompyuter savodxonligining "3ds max", "AutoCAD", "Archicad"yo'nalishlari bo'yicha tanlov o'tkazildi.

YOSHLAR MAʻNAVIYATINI YUKSALTIRISH, ULAR OʻRTASIDA KITOBXONLIKNI KENG TARGʻIB QILISH BOʻYICHA TIZIMLI ISHLARNI TASHKIL ETISH

placeholder image

“Kitob mening hayotimda” hamda “Muhabbat-mening nigohimda” mavzulariga bagʻishlangan maʼnaviy-psixologik aksiya

“Psixologiya haftaligi” doirasida talaba-yoshlarda kitob oʻqishga boʻlgan munosabati, kitobning inson hayotida tutgan oʻrni beqiyosligi hamda kitobga boʻlgan qiziqish va muhabbatni yana yuksaltirish maqsadida “Kitob mening hayotimda” hamda inson qalbidagi sadoqat, fidoiylik va insoniylik tuygʻularini yanada rivojlantirish, oʻz Vatani, oilasi, doʻstlariga boʻlgan mehr-muhabbatni oshirish, muhabbat bilan yashash natijasida hayotning goʻzalligini anglatish maqsadida “Muhabbat-mening nigohimda” mavzularida psixologik aksiya

placeholder image

“Z.X.Furqat hayoti va ijodining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati” mavzusida oʻtkazilgan Respublika ilmiy-amaliy anjumani

Anjumanda Zokirjon Xolmuhammad oʻgʻli Furqat hayoti, faoliyati va ijodiy merosi, ijodidagi anʼanaviylik, uning lirik shoir ekanligi, nasriy asarlarining gʻoyaviy talqini, asarlarining til xususiyatlari, jurnalistlik va tarjimonlik faoliyati, ijodiy merosining yoshlar maʼnaviyatining shakllanishidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar muhokamaga tortildi.

placeholder image

Zulfiyaxonim tavalludining 107-yilligiga bagʻishlab “Kitobxonlik” viktorinasi hamda “Zulfiyaxonim izdoshlari” deb nomlangan tadbir

Oʻzbek adabiyoti vakillari ijodi bilan yaqindan tanishish va ularning badiiy asarlarini mutolaa qilish hamda allomalarning tavallud kunlariga bagʻishlangan adabiy-badiiy kecha

placeholder image

Zaxiriddin Muxammad Bobur tavallud kuniga bagʻishlab “Kitobxonlik” viktorinasi

Talabalar turar joyida talaba-qizlar oʻrtasida buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligiga hamda oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, davlat arbobi, isteʻdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, Zaxiriddin Muxammad Bobur tavallud kuniga bagʻishlangan “Kitobxonlik” viktorinasi

XOTIN-QIZLARNI ISH BILAN TAʻMINLASH MASALALARI

placeholder image

Talabalar turar joyida talaba-qizlar oʻrtasida "Kashtachilik", "Tikuvchilik" hamda "Kreativ ijodkorlik" nominatsiyalari boʻyicha oʻtkazilgan "Mohir qoʻllar" koʻrik-tanlovi

“Xotin-qizlarni ijtimoiy faolligini oshirish, ularning bandligini taʻminlash”ni amalga oshirish maqsadida talaba-qizlar oʻrtasida "Kashtachilik", "Tikuvchilik" hamda "Kreativ ijodkorlik" nominatsiyalari boʻyicha oʻtkazilgan "Mohir qoʻllar" koʻrik tanlovi.

placeholder image

“Milliy qadriyatlar - milliy gʻururimiz” mavzusidagi milliy liboslar koʻrgazmasi

Oʻzbekona kiyinish madaniyati, uning targʻiboti, kiyim tanlash, zamonaviy kiyinishda oʻzbekona sharm-hayo meʻyorlariga amal qilish, milliy anʻanalarimizni keng targʻib etish orqali urf-odat, anʻana va qadriyatlarimizga xos boʻlmagan gʻarb va boshqa kiyinish madaniyatiga taqlidning oldini olish hamda yoshlarda milliy kiyinish madaniyatini shakllantirish maqsadida oʻtkazilgan “Milliy qadriyatlar - milliy gʻururimiz” mavzusidagi targʻibot tadbiri

placeholder image

“Liboslar dizayni” hamda “Milliy liboslar – maʻnaviyat koʻzgusi” mavzusida oʻtkazilgan koʻrik-tanlov

Oʻzbekona kiyinish madaniyatini targʻib qilish, zamonaviy kiyinishda oʻzbekona sharm-hayo meʻyorlariga amal qilish, milliy anʻanalarimizni keng targʻib qilish orqali urf-odat va qadriyatlarimizga xos boʻlmagan kiyinish uslublariga taqlidning oldini olish, yoshlarda milliy kiyinish madaniyatini shakllantirish, oliy taʻlim muassasasida kiyinish odobi va meʻyorlariga rioya qilish boʻyicha targʻibot tadbirlari doirasida oʻtkazilgan “Milliy liboslar – maʻnaviyat koʻzgusi” va “Liboslar dizayni” mavzusidagi koʻrik-tanlovdan lavhalar

placeholder image

“Pazandalik mahorati” koʻrik tanlovi

“Xotin-qizlarni ijtimoiy faolligini oshirish, ularning bandligini taʻminlash”ni amalga oshirish maqsadida Talabalar turar-joyida yashovchi talaba-qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan “Pazandalik mahorati” koʻrik-tanlovi

placeholder image

“Badiiy-ijodiy” toʻgarak (Qalamatasvir va rangtasvir sanʼati boʻyicha)

Talaba-qizlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish jarayonidan lavhalar

placeholder image

Oqila ayollar harakati, “Yangi zamon ayolining maʼnaviy madaniyati” qiyofasini shakllantirishga qaratilgan seminar-trening

Oqila ayollar harakati, “Yangi zamon ayolining maʼnaviy madaniyati” qiyofasini shakllantirishga qaratilgan seminar-trening

mount_01
MA'LUMOTLAR
ALOQA UCHUN
BIZNING MANZIL