Sirtqi-talim

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 2022-2023 o‘quv yilida sirtqi bo‘lim to‘g‘risisda ma’lumot

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti sirtqi bo‘limi «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 393-son qarori, “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 21-noyabrdagi 930-sonli, “Arxitektura va qurilish sohasidagi oliy ta’lim muassasalarida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-yanvardagi 64-sonli va “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli qarorlari va boshqa mehyoriy hujjatlar asosida tashkil etilgan.
2022-2023 o‘quv yilida jami 21 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami 2744 nafar talaba ta’lim oladi. Shundan, mazkur o‘quv yilida 1-kursda jami 551 nafar, 2-kursda 794 nafar, 3-kursda 737 nafar, 4-kursda 418 nafar va 5-kursda 244 nafar talaba mavjud (1-ilova).
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 noyabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 675-son qarori ilovasiga muvofiq tasdiqlangan “Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom” asosida sirtqi ta’limda jami 14 ta ta’lim yo‘nalishida 152 nafar 6 % talaba mavjud bo‘lib, shundan 1-kursda jami 43 nafar, 2-kursda 54 nafar, 3-kursda 43 nafar va 4-kursda 12 nafar (2-ilova).
Bu talabalar asosan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Admimstratsiyasi “QURILISH BIRLASHMASI" DUK, Qurilish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “O’zbekgidroenergo” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Oʻzshaharsozlik LITI” DUK, “Trest 12” AJ va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 606-son qarori ilovasiga muvofiq tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi to‘g‘risida nizom” asosida sirtqi ta’limda jami 13 ta ta’lim yo‘nalishida 286 nafar 10 % talaba mavjud bo‘lib, shundan 2-kursda jami 101 nafar, 3-kursda 81 nafar, 4-kursda 76 nafar va 5-kursda 28 nafar (3-ilova).

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 2022-2023
o‘quv yili sirtqi ta’lim talabalarining umumiy kontingenti

Sirtqi 01

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 
Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan sirtqi ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarning 2022-2023 o‘quv yilidagi kontingenti

Sirtqi 03

Toshkent arxitektura-qurilish instituti
2022-2023 o‘quv yili sirtqi ta’limda ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim oluvchi talabalar kontingenti

Sirtqi 01
MA'LUMOTLAR
ALOQA UCHUN
BIZNING MANZIL