Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi o‘zining shonli va sharafli tarixi davrida jahonga namuna qilib ko‘rsata oladigan bir qancha taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tdi. Shu jumladan, iqtisodiyot, siyosat, fan, ta’lim, sport, sanoat, qishloq xo‘jaligi kabi bir qancha sohalarda ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Ayniqsa, hozirgi kunda qurilish sohasi Vatanimizning har bir hududida barqaror sur’atlar bilan jadal rivojlanib kelmoqda. Bu faoliyatni samarali amalga oshirish uchun me’morchilik va qurilish sohasida chuqur bilimga ega bo‘lgan me’mor, quruvchi hamda muhandislarga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli darajada yuqori bo‘lganligi sababli Toshkent arxitektura-qurilish institutini tashkil etishga ehtiyoj tug‘ilgan.
Toshkent Politexnika Instituti 1988
Toshkent arxitektura-qurilish instituti O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimovning 1991-yil 6-maydagi farmoniga binoan Toshkent politexnika institutining "Arxitektura”, "Sanoat va fuqaro qurilishi” hamda "Muhandis qurilishi” fakultetlari negizida tashkil etilgan. Shuni alohida ta’kidlash zarurki Toshkent arxitektura-qurilish instituti arxitektura va qurilish sohasida tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar uchun davlat ta’lim standartlari, namunaviy o‘quv rejalar, fan dasturlari ishlab chiqishga hamda respublika oliy ta’lim muassasalarida tadbiq etishda doimo tashabbus ko‘rsatib kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-416-sonli qarori bilan Toshkent arxitektura-qurilish institutini Toshkent arxitektura-qurilish universiteti etib qayta tashkil etigan va universitet muhandislik, arxitektura, qurilish hamda qurilish materiallari texnologiyalari yo‘nalishlariga ixtisoslashtirilgan.
1996-yildan etiboran Toshkent arxitektura-qurilish universiteti qoshida akademik litsey faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-sentabrdagi 408-sonli qaroriga asosan institut huzurida "Qurilish sohasidagi menejerlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi” faoliyat ko‘rsatib kelgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-416-sonli qarori bilan ushbu markazi negizida Kasbiy faoliyatni rivojlantirish markazi tashkil etildi. Shuningdek, universitet huzurida "Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi” faoliyat ko‘rsatmoqda. 2015-yildan boshlab tarmoq markazida Arxitektura, Dizayn (turlari bo‘yicha), Bino va inshootlar qurilishi, Shahar qurilishi va xo‘jaligi, Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji, Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi, Geodeziya, kartografiya va kadastr kabi 14 ta yo‘nalishlari bo‘yicha Oliy ta’lim muassalari pedagog kadrlari qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tashkil etilgan.
Toshkent arxitektura-qurilish instituti O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tarkibida. Toshkent arxitektura-qurilish instituti xuzurida 1 ta akademik litsey, 2ta texnikum va 2ta malaka oshirish markazi mavjud. Qurilish sohasidagi talab va ehtiyojdan kelib chiqib, Toshkent arxitektura-qurilish (TAQI) 22 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 23 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashyo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 iyundagi PQ-4749-son qaroriga asosan, 2020/2021 o‘quv yilida TAQI-1125 ta, sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha 325ta, magistraturaga TAQI - 160 ta qabul parametrlari ajratildi.
Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan imtihon natijalari ko‘ra bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha TAQI - 1381 ta, sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha TAQI-536ta, hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha TAQI 189 ta abiturientlar talabalikka qabul qilindi.
Ish beruvchilarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda, 2020/2021 o‘quv yilidan institutda oliy ta’lim muassasalarida optimallashgan va yangi 1 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 5 ta magistratura mutaxassisliklari ochildi (1-ilova).
2020/2021 o‘quv yilida 6 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalari (RFning Moskva arxitektura instituti, Moskva davlat qurilish unversiteti, Qozon davlat arxitektura-qurilish instiuti, Belarus milliy texnika universiteti, Germaniya FRning Anxalt amaliy fanlar universiteti va Polsha Respublikasining Belostok texnika universiteti) bilan qo‘shma dasturlar asosida 110 nafar talabalar o‘qishga qabul qilindi (2-ilova).
2020 yilda e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi milliy reytingda TAQI 15-o‘rinni (2019 yil -22 o‘rin, 2018 yil -43 o‘rin) egalladi. 2020/2021 o‘quv yili bo‘yicha TAQIda asosiy shtatda 343 nafar pedagog xodimlar mavjud bo‘lib, shundan fan doktorlari va professorlar 23 nafar, fan nomzodlari va dotsentlar 102 nafarni tashkil etadi (qolganlari assistent va katta o‘qituvchilar). Muassasada jami 5792 nafar talaba o‘qimoqda;
Sohaning rivojlanish istiqbollari va ularda qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar asosida ta’lim muassalarida bitiruv malakaviy ishlari (diplom loyihalari), magistrlik dissertatsiya mavzulari, malakaviy amaliyot dasturlari, kurs ish(loyiha)lari va mustaqil ta’lim topshiriqlari tubdan yangilandi.
Ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda 2019/2020 o‘quv yili bo‘yicha fanlar kesimida TAQIda 52 nomdagi darslik, 106 nomdagi o‘quv qo‘llanma va 372 ta o‘quv-uslubiy majmua zamonaviy talablar asosida tayyorlandi.
2019/2020 o‘quv yilida 380 ga yaqinturli mulk shaklidagi loyiha va qurilish tashkilotlar ehtiyojiga muvofiq institut talabalari malakaviy amaliyotlarga taqsimlandi hamda kelgusida ularning ishga joylashishi masalasida kelishuvga erishildi.
Rektor
Professor
kahyae@itu.edu.tr
Prorektorlar
Dotsent
+998 55 508-02-64
Iqtisod fanlari doktori, professor
taqi_ib@edu.uz
Iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
+998 71 235-32-6
Arxitektura bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
+998 71 235-73-83
O’zbekiston Respublikasida ta'lim O’zbekiston Respublikasining davlat tilida, shuningdek, ta'lim tizimi tomonidan taqdim etilgan imkoniyatlar doirasida ta'lim va ta'lim tilini tanlash kafolatlanadi.
Toshkent arxitektura qurilish universitetida ta’lim o’zbek va rus tillarida olib boriladi. Shuningdek, ta'lim dasturiga muvofiq va ta'lim to'g'risidagi qonun hujjatlarida va ta'lim faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotning mahalliy normativ hujjatlarida belgilangan tartibda chet tilida ham olinishi mumkin.
Toshkent, Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasi, 9-uy,
Eng yaqin metro bekati: Yunusobod
Ish vaqti: Du-Sha: 9.00 - 18.00
Telefon: +998 (55) 508-02-49
Email: devon@taqi.uz
Toshkent, Shayxontohur tumani, A.Qodiriy ko‘chasi, 7-uy,
Eng yaqin metro bekati: Paxtakor
Ish vaqti: Du-Sha: 9.00 - 18.00
Telefon: +998 (71) 241-80-02
Email: devon@taqi.uz
Toshkent, Chilonzor tumani, 20-mavzi, Al-Xorezmiy ko‘chasi, 16-uy,
Eng yagin metro bekati: Olmazor
Ish vaqti: Du-Sha: 9.00 - 18.00
Tel: +998 (71) 216-56-48
Email: devon@taqi.uz
Toshkent arxitektura-qurilish instituti 4ta fakulteti mavjud: Arxitektura fakulteti, Bino inshootlar qurilishi fakulteti, Qurilishni boshqarish fakulteti, Muxandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti.
Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yangi shahar 9
Du-Sha: 9.00 - 18.00
@Infosec.uz
"O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun 1991 yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.
Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.
Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu - yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi.
Bayroqdagi oq rang - muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, u kun charog‘onligi va koinot yoritkichlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Oq rang – poklik, beg‘uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsoli.
Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.
Qizil chiziqlar – vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.
Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq. Ayni paytda u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham.
Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o‘n ikki yulduzga bo‘lgan e’tiborimiz O‘zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.
Davlat bayrog‘imizdagi 12 yulduz tasvirini o‘zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.
Davlat gerbi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan. O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbi quyidаgi ko`rinishgа egа: tog`lаr, dаryolаr vа so`l tomoni bug`doy boshoqlаridаn, o`ng tomoni esа chаnoqlаri ochilgаn g`o`zа shoxlаridаn iborаt chаmbаrgа o`rаlgаn gullаgаn vodiy uzrа quyosh zаrrin nurlаrini sochib turаdi. Gerbning yuqori qismidа Respublikа hurligining rаmzi sifаtidа sаkkizburchаk tаsvirlаngаn bo`lib, uning ichki qismidа yarim oy vа yulduz tаsvirlаngаn. Gerbning mаrkаzidа bаxt vа erksevаrlik rаmzi — qаnotlаrini yozgаn Humo qushi tаsvirlаngаn. Gerbning pаstki qismidа O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ini ifodа etuvchi chаmbаr lentаsining bаntidа «O‘zbekiston» deb yozib qo`yilgаn. O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbining rаngli ko`rinishidа: Humo qushi vа dаryolаr — kumush rаngidа; quyosh, boshoqlаr, pаxtа chаnoqlаri vа «O‘zbekiston» yozuvi — oltin rаngidа; g`o`zа shoxlаri vа bаrglаri, tog`lаr vа vodiy — yashil rаngdа; chаnoqlаrdаgi pаxtа — oq rаngdа; lentа — O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ining rаnglаrini аks ettiruvchi uch xil rаngdа; sаkkizburchаk — oltin zаrhаl bilаn hoshiyalаngаn holdа hаvo rаngdа; yarim oy vа yulduzlаr — oq rаngidа tаsvirlаngаn.
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gimni to‘g‘risida”gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI Sessiyasida qabul qilingan.Davlat madhiyasining so‘zi O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub, musiqasini esa bastakor Mutal (Mutavakkil) Burhonov yozgan.
Abdulla Oripov so‘zi, Mutal Burhonov musiqasi
Serquyosh hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqorat:
Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar ona yurt, mangu bo‘l obod!
Naqorat:
Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor!