“Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish” tadbiri o‘tkazildi.Tadbirni kirish so‘zi bilan TAQU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-Nazorat” tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i Pulatov Baxodir Abdugapparovich ochib berdi.
“Shahar «dizayn-kod» qoidalarining shaklanish tendensiyalari va arxitekturamuhitlarining ustuvor muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Bino va inshootlar qurilishi fakulteti “Qurilish mexanikasi va inshootlar zilzilabardoshligi” hamda “O‘zbek tili va adabiyoti ” kafedralari tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish” mavzusida professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan tadbir o‘tkazildi.
«Ёшларда коррупцияга қарши муросасизлик ҳиссини шакллантириш» мавзусида ИИБ масъул ҳодими ва Коррупцияга қарши курашиш «Комлаенс назорат» тизимини бошқариш бўлими бошлиғи Баҳодир Пулатов билан тадбир ўтказилди.
Hurmatli Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari!E’LON!

Talabalar turar joyi

Toshkent arxitektura qurilish universitetiga qarashli talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida

Universitetga qarashli 2 ta talabalar turar joylari mavjud bo‘lib, ulardan biri universitet ichida joylashgan bo’lib, ikkinchisi Olmazor tumanida joylashgan. 1-sonli TTJda 80 ta bo’lim bo’lim, jami o‘rinlar soni 2022 yilga qadar 396 tani tashkil etar edi. 2022 yilda universitet talabalar turar joylarini ikki yarusli krovatlar bilan ta’minlash orqali qo‘shimcha o‘rinlar yaratilib, yotoqxona sig‘imi 412 taga yetkazildi.
Talabalar turar joylarida sport seksiyasi, badiiy havaskorlik to‘garaklari, “Ma’naviyat va ma’rifat”xonalarii faoliyat ko‘rsatmoqda. Yotoqxonalar binolari va hududi “WiFi” qurilmalari orqali internet tarmog‘iga  ulangan bo‘lib, talabalarga universitetning     Axborot-resurs markazi elektron kitoblar fondiga va Alisher Navoiy nomidagi “O‘zbekiston Milliy kutubxonasi” elektron platformasiga bog‘lanish hamda dunyo global internet tarmog‘i elektron  resurslaridan  foydalanish imkoniyatlari yaratilgan. Shuningdek, universitetning 3 qavatli kampus binosida Raqs to’garagi uchun maxsus jihozlangan xona, ovoz yozish xonasi va kerakli sport uskunalari bilan jihozlangan sport zali mavjud.
Har bir talabalar turar joylarida talabalarning o‘zini o‘zi boshqaruv tuzilmasi talabalar Kengashi tashkil etilib, uning tarkibi saylov yo‘li bilan shakllantirilgan. Shuningdek, talabalar Kengashi faoliyatining funksional vazifalari ishlab chiqilgan.
“5 muhim tashabbus”ni keng joriy etish maqsadida universitetning 2 ta talabalar turar joylarida “5 muhim tashabbus xonalari” tashkil etilgan va jihozlangan.

1chi talabalar turar joyi

Toshkent, Yunusobod tumani,
Yangi shahar ko‘chasi, 9-uy,
Eng yaqin metro bekati: Yunusobod
Ish vaqti: Du-Sha: 9.00 — 18.00
Telefon: +998 (55) 508-02-49 
Email: devon@taqi.uz

2chi talabalar turar joyi

Toshkent, Chilonzor tumani, 20-mavzi,
Al-Xorezmiy ko‘chasi, 16-uy,
Eng yagin metro bekati: Olmazor 
Ish vaqti: Du-Sha: 9.00 — 18.00 
Tel: +998 (71) 216-56-48
Email: devon@taqi.uz 

,
MA'LUMOTLAR
ALOQA UCHUN
BIZNING MANZIL